Suriyalik isyonchilar Suriyaning ikkinchi shahri Aleppoga bomba o‘rnatilgan ikkita mashina bilan kirib kelgan va shaharning g‘arbiy chekkasida hukumat kuchlari bilan to‘qnashgan.
Bu haqda G‘arb OAVlari xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, suriyalik muxolifat kuchlari uzoq davom etgan janglar natijasida sharqiy hududlardan quvib chiqarilgan 2016 yildan beri birinchi marta shaharga kirishgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shahar g‘arbidagi Xalab Jedid, Hamdaniya, Al-Furqon, Yangi Halab, Salohad-Din kabi bir qancha mahallalar allaqachon muxolifat nazoratida.