Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

“So‘g‘diyona” Tojikistondan 100 foizlik natija bilan yurtimizga qaytdi

“So‘g‘diyona” Tojikistondan 100 foizlik natija bilan yurtimizga qaytdi

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida OFK kubogining “E” guruhidan o‘rin olgan uchrashuvlar nihoyasiga yetdi va unda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi yurtimizga qaytib keldi.

Osiyo chempionlar ligasidan keyingi o‘rinda turuvchi ushbu OFK kubogi bahslarida Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi birinchi marta ishtirok etib, guruh o‘yinlaridagi 3 uchrashuvda ham g‘alaba qozondi.

Mazkur guruhdagi so‘nggi 3-tur uchrashuvida jizzaxlik futbolchilar Turkmanistonning “Oltin asr” professional futbol klubiga qarshi o‘tkazdi.

O‘yinning asosiy vaqtida “So‘g‘diyona” to‘liq ustunlik qildi. Uchrashuvning 20-daqiqasida Shohruz Norxonov boshi bilan to‘pni qulay tarzda raqib jarima maydonchasiga kirib borayotgan jamoadoshi Jasur Hasanovga uzatdi, raqiblarda hech qanday imkoniyat qolmadi – 1:0.

O‘yinning ikkinchi bo‘limini Ulug‘bek Baqoyev bir qator o‘zgarishlar bilan boshladi. Bu esa o‘z samarasini berdi. Bahsning 48-daqiqasida, zaxiradan maydonga tushgan Xislat Xalilov Javohir Qahramonovni qulay vaziyatga olib chiqdi. Javohirning aniq zarbasidan so‘ng hisob 2:0 ko‘rinishini oldi.

O‘yinning 60-daqiqasida “So‘g‘diyona” sardori Jasur Hasanov yana bir bor o‘zini ko‘rsatdi. Uning ajoyib zarbasidan so‘ng o‘rtadagi farq yana bittaga ortdi – 3:0.

65-daqiqada turkmanistonlik Nurmurat Roziyev o‘rtadagi farqni qisqartirdi. “So‘g‘diyona” – “Oltin asr” yakuniy hisob – 3:1.

Endi “So‘g‘diyona” jamoasi “OFK kubogi-2022” Markaziy mintaqa hududiy final uchrashuvida Tojikistonning yana bir jamoasi “Xo‘jand” klubiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu 1 martalik bahs kimning maydonida bo‘lishi qur’aga ko‘ra aniqlanadi va uchrashuv avgust oyida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 09:34 01.07.2022. O'qildi: 3952 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!