Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Sud jurnalist Mahmud Rajabga hukm e’lon qildi

Sud jurnalist Mahmud Rajabga hukm e’lon qildi

2019 yil 18 oktyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat sudida sudlanuvchi Maxmud Radjapov (1963 yilda Xorazm viloyatining Gurlan tumanida tug‘ilgan, o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, oilali, ma’lumoti – oliy, vaqtincha ishsiz, muqaddam sudlanmagan) ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

Sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va to‘liq o‘rganib, M. Radjapovni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi “g” bandi va 246-moddasi (kontrabanda) 1-qismida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyati sudi tomonidan M. Radjapovga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) tartibida 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 72-moddasi (shartli hukm qilish) qo‘llanilib, tayinlangan jazoni shartli deb hisoblab, 2 yil 6 oy sinov muddati belgilandi.

 

Aziz Obidov,

O‘zbekiston Respublikasi

Oliy sudi rasmiy vakili

Kiritildi: 18:10 21.10.2019. O'qildi: 2968 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!