Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Sud-huquq islohotlari amalda – Doniyorjon Tojiboyev

A A A
Sud-huquq islohotlari amalda –  Doniyorjon Tojiboyev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlis palatalariga murojaatida adolat bu - davlatchilikning mustahkam poydevori ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdilar.

So‘nggi to‘rt yil davomida sud huquq sohasida ustivor masalalarni hal qilish uchun qirqdan ortiq qonun, farmon va qarorlar qabul qilinganligi ushbu soxani naqadar muxim ekanligini ko‘rsatib turibdi.

Yangi yildan joriy etilgan “Bir sud-bir instansiya” tamoyili sud qarorlarining adolatli, qonuniy va barqarorligini ta’minlashda bosh mezon bo‘lib xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasining “Sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuning qabul qilinishi isloxotlarning huquqiy asosi hisoblanadi.

Mazkur qonun bilan Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining bir qator moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirildi.

Unga ko‘ra apellyasiya shikoyati (protesti) tumanlararo ma’muriy sudining hal qiluv qarori ustidan berilganda - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar ma’muriy sudlari tomonidan, hududiy harbiy sudning hal qiluv qarori ustidan berilganda - O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar ma’muriy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarori ustidan berilganda -O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘rilishi belgilandi.

Mazkur qonun qabul qilinganga qadar tuman ma’muriy sudining hal qiluv qarorlari ustidan berilgan apellyasiya va kassasiya shikoyatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar ma’muriy sudlari tomonidan ko‘rilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar ma’muriy sudlari tomonidan ko‘rilgan ishlar yuzasidan qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilgan apellyasiya va kassasiya shikoyatlari shu instansiya sudlarida qaytadan ko‘rilgan.

Buning natijasida Prezidentimiz takidlaganidek 2019 yilning o‘zida viloyat sudlari tomonidan qabul qilingan 13 mingta qarorlar Oliy sud tomonidan o‘zgartirilgan va bekor qilingan.   

Qonunga kiritilgan bunday o‘zgartish kelgusida sud qarorlarining adolatli, qonuniy va barqarorligini ta’minlashda bosh mezon bo‘lib xizmat qiladi. 

   

Doniyorjon Tojiboyev,

Namangan viloyat ma’muriy sudining sudyasi

Kiritildi: 14:16 19.01.2021. O'qildi: 1798 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!