Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Sud hukmi bilan 12 yilga ozodlikdan mahrum qilingan Jizzax viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i oqlandi

Sud hukmi bilan 12 yilga ozodlikdan mahrum qilingan Jizzax viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i oqlandi

2019 yil iyul oyining 12 kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi kassasiya instansiyasi sudlov hay’ati Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudining 2012 yil 16 noyabrdagi hukmi asosan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi(JK)ning 205-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari, 210-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan sudlangan Jizzax viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan, hozirgi kunda nafaqada bo‘lgan Haqnazarov Shavkatni oqladi. Bu haqda "7 news.uz" yozmoqda.

1957 yil 17 fevral kuni Nurota tumanida tug‘ilgan, Jizzax viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan, hozirgi kunda nafaqada bo‘lgan SH.Haqnazarov tomonidan keltirilgan kassasiya shikoyatiga asosan jinoyat ishini kassasiya tartibida ko‘rib chiqdi.

SH.Haqnazarovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 205moddasi 2-qismi “a,v” bandlari bilan 2 yil muddatga rahbarlik va moddiy boyliklar harakati bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish,  JKning 210-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish, JKning 45-moddasiga asosan 2 yil muddatga rahbarlik va moddiy boyliklar harakati bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilish jazolari tayinlanib, JKning 59-moddasiga asosan tayinlangan jazolarni qisman qushish yo‘li bilan uzil-kesil 3 yil muddatga raxbarlik va moddiy boyliklar harakati bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda, 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan edi.

Sudning hukmiga ko‘ra, sudlangan SH.Xaqnazarov 2004 yil 15 noyabr kunidan 2012 yilning 31 may kuniga qadar Jizzax viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelib, egallab turgan lavozimi va bajarib kelgan amallariga ko‘ra mas’ul mansabdor shaxs bo‘la turib, o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim va mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi evaziga, 2006 yil 2 yanvar kuni soat 10 lar atrofida uning xizmat xonasiga kirgan fuqaro R.Hakimova bilan uning, Paxtakor tumani FHDYo bo‘limida arxivarius vazifasida ishlab turgan qizi M.Ikromovani shu bo‘limda bo‘sh turgan ish yurituvchi vazifasiga ishga o‘tkazish va ushbu harakatni fuqaro R.Hakimova va uning qizi M.Ikromovalarning foydasiga bajarishi evaziga, qonunga xilof ekanligini bila turib, mulkiy naf ko‘rish maqsadida fuqaro R.Hakimovadan 200 AQSh dollari miqdoridagi moddiy mablag‘ni tamagirlik yo‘li bilan o‘zining xizmat xonasida shaxsan o‘zi pora tariqasida olganlikda;  Shuningdek, sudlangan SH.Haqnazarov mas’ul mansabdor shaxs bo‘la turib, o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim va mumkin bo‘lgan muayyan harakatni, shu jumladan FHDYo bo‘limi mudiraligiga nomzodni taqdimnoma ko‘rsatish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligiga murojaat qilishi xususida, 2006 yil 7 iyul kuni Jizzax viloyati Adliya boshqarmasida joylashgan o‘zining xizmat xonasida fuqaro R.Hakimovadan uni manfaatlarini ko‘zlab, R.Hakimovani Jizzax viloyati Do‘stlik tumani FHDYo bo‘limi mudirasi vazifasiga Adliya Vazirligi tomonidan tayinlanishi uchun xizmat qiladigan Jizzax viloyat Adliya boshqarmasining o‘zi imzolaydigan taqdimnomasini kiritishi evaziga, tamagirlik yo‘li bilan, qonunga xilof ekanligini bila turib, mulkiy naf ko‘rish maqsadida, fuqaro R.Hakimovadan 1.000 AQSh dollari miqdorida hamda 2006 yil 11 oktyabr kuni yana 1.000 AQSh dollari miqdorida, jami 2.000 AQSh dollari miqdoridagi moddiy mablag‘ni takroran, shaxsan o‘zi pora tariqasida olganlikda; Bundan tashqari, sudlangan SH.Haqnazarov mas’ul mansabdor shaxs bo‘la turib, o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda, shu jumladan FHDYo bo‘limi mudiraligiga nomzodni taqdimnoma ko‘rsatish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligiga murojaat qilishi xususida, sodir etishi lozim va mumkin bo‘lgan harakatni bajarish, ya’ni Jizzax viloyati Zafarobod tumani FHDYo bo‘limi mudirasi vazifasida ishlab kelaѐtgan fuqaro M.Usmanovani manfaatlarini ko‘zlab, uni Jizzax viloyati Arnasoy tumani FHDYo bo‘limi mudirasi vazifasiga Adliya Vazirligi tomonidan tayinlanishi uchun xizmat qiladigan Jizzax viloyat Adliya boshqarmasining o‘zi imzolaydigan taqdimnomasini kiritishi evaziga, tamagirlik yo‘li bilan, qonunga xilof ekanligini bila turib, mulkiy naf ko‘rish maqsadida, fuqaro M.Usmanovadan 2006 yil 8 avgust kuni 500 AQSh dollari miqdoridagi moddiy mablag‘ni, takroran, shaxsan o‘zi pora tariqasida olganlikda ayblangan edi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudining 2012 yil 16 noyabrdagi Haqnazarov Shavkatga nisbatan chiqarilgan hukmi bekor qilindi.

SH.Haqnazarovning qilmishida jinoyat tarkibi mavjud emasligi sababli O‘zbekiston Respublikasi  JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi harakatdan tugatilib, SH.Haqnazarov aybsiz deb topildi hamda oqlandi.

Kiritildi: 18:57 22.07.2019. O'qildi: 2376 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!