Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Stress tishlarga qanday salbiy ta’sir qiladi

Stress tishlarga qanday salbiy ta’sir qiladi

Tish doktori Gleb Peklining aytishicha, stress sababli tishlar yemirilishi, uning koronkalari esa sinishi mumkin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, stress paytida chaynash mushaklari taranglashadi, natijada tishlarga katta bosim beradi. Bu esa o‘z navbatida tish sinishi va yemirilishiga olib keladi. Tishlarda yoriqlar paydo bo‘ladi, ba’zi odamlarda hatto tish uchun maxsus qoplamalar - vinirlar ham bosimni ko‘tara olmaydi.

Stressdan tashqari tishlar salomatligiga putur yetkazadigan yana bir qancha omillar ham bor. Masalan, tishlarni qo‘pol va katta bosimdagi harakatlar bilan yuvish emalni jarohatlaydi. Tamaki chekishda tishlar va milklar aziyat chekadi. Gap shundaki, nikotin qon tomirlarini toraytiradi, bundan esa milk to‘qimalari zaiflashadi. Oqibatda gingivit (milk yallig‘lanishi) va parodontit (tishlar tayanch apparatining shikastlanishi) ga olib keladi.

Tishkovlagichlardan foydalanish, stress vaqtida tishlarni “g‘ichirlatish” ham zararli odat. Mutaxassisning tushuntirishicha, yog‘ochning o‘tkir qirralari tish atrofidagi to‘qimalarga zarar yetkazadi, bundan milklar yallig‘lanadi. Tishkovlagich ham emalda juda kichik yoriqlar qoldiradi. Bu yoriqlar orqali bakteriyalar kiradi va kariyesga sabab bo‘ladi.

Stressni shirinlik bilan yengish- bu nafaqat qomat shakli va ortiqcha vazn keltirib qolmasdan, tishlarga ham ta’sir qiladi. Chunki tishlar uglevodlarga tekkanda, og‘izda emallarni yemiradigan kislota hosil bo‘ladi, deydi shifokor.

Kiritildi: 23:37 24.11.2022. O'qildi: 3748 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!