Malayziyaning The Rakyat Post nashriga ko‘ra, Starbucks butun mamlakat bo‘ylab 408 ta do‘konidan 50 tasini vaqtincha yopgan. Ushbu yopilishlar sababi, garchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinmagan bo‘lsa-da, Isroilning G‘azo sektoriga qarshi davom etayotgan hujumi bilan bog‘liq.
Malayziya bo‘ylab mashhur Amerika kofe tarmog‘ini boshqaradigan Berjaya Food kompaniyasining avgust oxiridagi hisobotida "joriy chorakdagi daromadlar sezilarli kamaygani, soliqqa tortishgacha bo‘lgan yo‘qotishlar asosan Yaqin Sharqdagi mojaroga nisbatan joriy kayfiyat bilan bog‘liq" ekani ta’kidlangan edi.
Xabar qilinishicha, Berjaya Food iyun oyida yakunlangan ikkinchi chorak davomida 38,2 million ringit (8,6 million AQSh dollari) sof zarar ko‘rgan, savdolar ikki baravardan ko‘proq qisqargan, yarim yillik sof zarar esa 20,5 million dollarni tashkil etgan.
Kompaniyaning qayd etishicha, do‘konlar vaqtincha yopilgani bilan hech bir xodim zarar ko‘rmagan, ular faoliyat ko‘rsatib turgan boshqa filiallarga o‘tkazilgan.