Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Starbucks 5 qavatli qahvaxona ochishni rejalashtirmoqda

Starbucks 5 qavatli qahvaxona ochishni rejalashtirmoqda

Ushbu qahvaxona Starbucks’ning 6-yirik qahvaxonasi bo‘ladi, kompaniyaning  qolgan 5 ta yirik qahvaxonasi Sietl, Shanxay, Milan, Nyu-York va Tokioda joylashgan. 

Chikagodagi qahvaxona 15 noyabrdan ishlay boshlaydi. Bu qahvaxona kompaniyaning nafaqat maydoni bo‘yicha eng katta qahvaxonasi, balki turli qahva navlaridan qahva ichimligi tayyorlanishi namoyish qilinadigan o‘ziga xos teatr bo‘ladi. Tashrif buyuruvchilar bu yerda qahva donlari qovurilishidan tortib ichimlikning turli usullar bilan tayyorlanishigacha bo‘lgan jarayonga guvoh bo‘lishlari mumkin bo‘ladi.

Qahvaxonada 200 ga yaqin xodim faoliyat olib boradi.

Ma’lumot uchun, Starbucks kompaniyasi 1971 yilda tashkil etilgan. 

Manba: kun. uz

Kiritildi: 22:18 13.11.2019. O'qildi: 1661 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!