Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

“Sputnik V” vaksinasining eng katta kamchiligi aytildi

“Sputnik V” vaksinasining eng katta kamchiligi aytildi

Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasining eng katta kamchiligi uni ishlab chiqarishning texnologik murakkabligi hisoblanadi. Bu haqda Sechenov universiteti translyasion tibbiyot va biologiya instituti direktori Vadim Tarasov ma’lum qildi.

Tarasovning so‘zlariga ko‘ra, “Sputnik V” samarali va xavfsiz vaksina hisoblanadi. Ammo uning bir kamchiligi bor: vaksinani ommaviy ishlab chiqarish uchun murakkab texnologik yechimlar zarur, uning ikki unsurli tarkibdan iboratligi shuni talab qiladi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, vaksinani ommaviy ishlab chiqarishni kengaytirish qiyin ish, ayniqsa, qisqa muddat ichida.

Avvalroq Fransiyaning Challenges nashri Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron bilan telefon orqali qilgan muloqoti chog‘ida undan “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarishda yordam so‘raganini yozgandi.

Kiritildi: 08:18 01.12.2020. O'qildi: 3234 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!