Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Sog‘liqni saqlash vazirligi Marhamat tuman tug‘ruqxonasidagi holat yuzasidan izoh berdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Marhamat tuman tug‘ruqxonasidagi holat yuzasidan izoh berdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Marhamat tug‘ruq kompleksidagi holat yuzasidan izoh berdi.

Xabarda aytilishicha, kuni kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali Andijon viloyat, Marhamat tumanidagi tug‘ruqxonada ayollar joy yetishmasligidan yerda yotayotganligi to‘g‘risida turli xabarlar tarqaldi.

Ushbu xabar yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rganish ishlarini olib bordi va holat bo‘yicha quyidagilar ma’lum bo‘ldi.

Marhamat tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruq kompleksi 1982 yilda qurilgan bo‘lib, 2 qavatli binodan iborat. Mazkur muassasa bunyod etilganidan buyon kapital ta’mirlanmaganligi sabab 2018 yilning oktyabr oyida qaytadan rekonstruksiya qilindi va 50 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy tug‘ruq kompleksi joriy yil mart oyida foydalanishga topshirildi.

Ayni paytda bu yerda bemorlar uchun bir qator qulayliklar yaratilgan. Jumladan, kuz-qish mavsumi uchun tug‘ruq kompleksi xonalaridagi haroratni bir me’yorda saqlash maqsadida bino qozonxonasiga zamonaviy tejamkor AKS-100 rusumli isitish qozoni va xonalardagi cho‘yan qovurg‘ali isitish moslamalari o‘rniga zamonaviy radiatorlar o‘rnatildi. Shuningdek, tug‘ruq kompleksi xonalaridagi barcha eshik, deraza va romlar yangilariga almashtirildi.

“Shu yilning 23 iyun (yakshanba) kunidan 24 iyun (dushanba) kuniga o‘tar kechasi tug‘ruqxonaga murojaat qilgan ayollar soni nisbatan ortgan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, yuqorida aytib o‘tilgan 50 o‘ringa mo‘ljallangan koykalarimizda 23 iyun (yakshanba) kuni ertalabki holat bo‘yicha 46 nafar, 24 iyunda (dushanba) esa tongga qadar 63 nafar tuqqan va dard bilan kelgan ayollar bo‘lgan. Qolaversa, 22-23 iyun haftaning dam olish kunlari bo‘lganligi sababli tuman FHDYo bo‘limidan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning olish imkoniyati bo‘lmagan. Bu esa, o‘z navbatida, yangi tug‘ilgan chaqaloq va uning onasiga uyiga ketishiga ruxsat berilmasligini anglatadi. Shu bois 23 iyundan 24 iyunga o‘tar kechasi Marhamat tuman tibbiyot birlashmasining tug‘ruq kompleksida bemorlarning soni ortgani va tug‘ruq kompleksi o‘rinlarining mavjud imkoniyatlari chegaralanganligi, eng muhimi, to‘lg‘oq bilan kelgan homilador ayollarga tezkorlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatish zarurati sabab bir necha nafar ayolga ma’lum muddat binoning fayesiga vaqtincha dam olishi uchun joy tayyorlangan”, -  deydi Andijon viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Avazbek Abdurahmanov.

Vazirlik xabarida aytilishicha, ayni paytda Andijonda viloyat perenatal va skrining markazlari hamda 22 ta tug‘ruq komplekslari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, viloyatdagi barcha tuman va shaharlardagi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalarida prenatal tashxis xonalari tashkil etilgan bo‘lib, ular davlat byudjeti hisobidan dunyodagi nufuzli “General Electric” kompaniyasining eng zamonaviy, yuqori texnologik imkoniyatga ega bo‘lgan ultratovush tekshiruvi apparatlari bilan ta’minlangan.

Ushbu davolash muassasalarida qariyb 400 nafarga yaqin malakali akusher-ginekologlar ayollar salomatligi yo‘lida samarali ishlab kelishmoqda.

 

 

Kiritildi: 08:46 11.07.2019. O'qildi: 1337 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!