Bugun 29 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Sobiq senator O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchisi bo‘ldi

Sobiq senator O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchisi bo‘ldi

O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Ravshanbek Alimov Turkmaniston poytaxtiga yetib bordi.

58 yoshli diplomat N.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetini, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini, Jorjtaun universitetini (AQSh) tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1990 yilda viloyat darajasida Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tizimida (hozirgi Investisiya, sanoat va savdo vazirligi) boshlagan. Keyin Prezident devoni, Bosh vazir kotibiyatida, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligida boshqarma boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2002–2008 yillarda O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi va o‘rindoshlik asosida Moldovada elchi, shuningdek, Fransiyadagi va o‘rindoshlik asosida Portugaliyada elchi bo‘lib ishlagan.

Ravshanbek Alimov 2008 yildan keyin Moskvadagi elchixonada maslahatchi, TIVda faoliyat ko‘rsatgan.

U 2020-2024 yillarda Oliy Majlis Senatda qo‘mitasi raisi vazifasida ishlagan.

Kiritildi: Bugun 10:00. O'qildi: 360 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!