Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Sirlar ochilmoqda: Xitoy yozda bir qancha kasb egalarini sinalmagan vaksina bilan emladi. JSST esa...

Sirlar ochilmoqda: Xitoy yozda bir qancha kasb egalarini sinalmagan vaksina bilan emladi. JSST esa...

Xitoy yozda bir qancha sohada faoliyat olib boradigan odamlarni hali sinovlardan to‘liq o‘tib ulgurmagan vaksina bilan favqulodda emlagandi. Xitoy rasmiylaridan birining aytishicha, Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti bu harakatni ma’qullagan. Lekin ba’zi ekspertlar Xitoyning ushbu favqulodda emlash dastruri haqida xavotirlarini bildirishgandi.

Xitoy milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi xodimi Zeng Zongveyning 25 sentyabr kuni bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy favqulodda vaksinasiya qilish ishlarini iyul oyining boshida boshlagan. Bundan oldin Pekin JSST bilan bu masalani maslahat qilgan. Mazkur dasturga binoan koronavirusni yuqtirib olish xavfi yuqori bo‘lgan yuz minglab ishchilar va boshqa soha vakillari vaksinasiya qilingan. Lekin, o‘shanda ishlatilgan vaksinaning xavfsizligi va samarasi hali isbotlanmagandi. Bu esa ekspertlarning xavotirlanishiga sabab bo‘ldi.

“Iyun oyining oxirida Xitoy davlat qo‘mitasi COVID-19 ga qarshi favqulodda emlash dasturini ma’qulladi. Shundan keyin 29 iyun kuni JSSTning Xitoydagi ofisi vakillari bilan bog‘landik va ular bu dasturni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishdi” deydi Zeng.

JSSTning bosh direktori yordamchisi doktor Mariangela Simao dunyo mamlakatlari har qanday dori-darmon vositasini o‘zlarining qonun-qoidalariga muvofiq tarzda favqulodda ishlatishga haqli ekanini aytgan.

JSSTning bosh olimi Sumya Svaminathan esa koronavirusga qarshi favqulodda emlash bu muammoga “vaqtinchalik yechim” ekanini ta’kidlab, uzoq muddatli yechim vaksina uchinchi bosqich sinovlaridan o‘tganidan keyin topilishini ta’kidlagan.

Xitoy hukumati o‘zining yozda amalga oshirgan favqulodda emlash dasturi tafsilotlarini oshkor qilmagan. Lekin, unda kamida uch xil turdagi vaksina, xususan, Biotec Group kompaniyasining ikkita vaksinasi va Sinovac BioTechning bitta vaksinasi ishlatilgani ma’lum. Hozirda bu uchala vaksina ham uchinchi bosqich sinovlaridan o‘tkazilmoqda.

Zengning aytishicha, Xitoyning COVID-19 ga qarshi vaksina ishlab chiqarish hajmi 2020 yilning oxirigacha 610 million dozaga, 2021 yilning oxirigacha esa 1 milliard dozaga yetishi kutilmoqda. Shuningdek, Zeng Xitoyda vaksina barchaning qurbi yetadigan darajadagi narxda bo‘lishini ham aytib o‘tdi.

Kiritildi: 19:20 26.09.2020. O'qildi: 2930 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!