Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Sirdaryodagi tez tibbiy yordam mashinasi "chirib" ketgani rostmi? (VIDEO)

Sirdaryodagi tez tibbiy yordam mashinasi "chirib" ketgani rostmi? (VIDEO)

Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar tez tibbiy yordam haydovchilari murojaat yo‘llashdi. Ular ajratilgan tez tibbiy yordam mashina "chirib" ketgani, bir nechta tashkilotga murojaat qilsada masala ijobiy hal bo‘lmayotganini aytadi” deb nomlangan videomurojaat yuzasidan Viloyat hokimi axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

 

Bugungi kunda Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi Avtoxo‘jaligida jami 144 dona avtotransport vositasi mavjud bo‘lib, shundan 88 tasi tez tibbiy yordam avtomashinalarini tashkil qiladi. Bularning tarkibida to‘liq tibbiy jihozlar bilan jihozlangan so‘nggi rusumdagi 3 ta “Nissan", 8 ta “Xunday", 2 ta "Toyota" jami 13 ta reanimasion avtomobillar ham xizmat ko‘rsatmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida pandemiya davrida aholining tez tibbiy yordamga bo‘lgan murojaatlari sonining oshib borayotganligi sababli, tez tibbiy yordam avtomashinalari chaqiriqlarga ulgurmayotganligi, aholining koronavirusga chalingan qismiga o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatishini e’tiborga olib qo‘shimcha tez tibbiy yordam avtomashinalari ajratilish to‘g‘risida topshiriq bergan edi. Ushbu topshiriqdan kelib chiqib, viloyat hokimligi tomonidan mahalliy byudjet hisobidan 14 dona tez tibbiy yordam avtomashinasi xarid qilindi. Shuningdek, xomiylik mablag‘lari xisobidan, qo‘shimcha 3 dona tez tibbiy yordam avtomashinalari xayriya qilingan. Hozirgi kunda ushbu tez tibbiy yordam avtomashinalari tuman va shahar tez tibbiy yordam bo‘limlarida xizmat ko‘rsatish uchun yuborilgan.

Shu jumladan, Yangiyer shahar tez tibbiy yordam bo‘limiga 1 ta yangi “Damas” rusumli qo‘shimcha tez tibbiy yordam avtomashinasi yuborilgan. Hozirda, Yangiyer shahrida 4 ta tez tibbiy yordam avtomashinalari 43 700 aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. 

Joriy yilning 5 avgust sanasida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, Yangiyer shahar tez tibbiy yordam haydovchilari tomonidan yo‘llangan murojaatda, tez tibbiy yordam mashinasi "chirib" ketgani, bir nechta tashkilotga murojaat qilsada masala ijobiy hal bo‘lmayotgaligi ta’kidlab o‘tilgan. Murojaat yuzasidan Yangiyer shahar tez tibbiy yordam bo‘limiga qarashli davlat raqamli 20 973 SAA bo‘lgan “Damas” rusumli, tez tibbiy yordam avtomashinasi o‘rganilganda haqiqatdan ham ushbu avtomashina 2006 yilda ishlab chiqarilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 martdagi PQ-2838-sonli qaroriga asosan Yangiyer shahar tibbiyot birlashmasidan avtoxo‘jalik balansiga olinganligi aniqlandi. Shuningdek, avtomashina 2020 yil aprel oyida IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi tomonidan yillik majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan bo‘lib, texnik soz deb topilgan. 

Bundan tashqari avtomashina ta’miri uchun joriy yilning aprel oyida 167000 so‘mlik, may oyida 1565200 so‘mlik ehtiyot qismlari yuk xati asosida berilib, ta’mirlangan.

Qolaversa, murojaatda ta’kidlangan “oylik olmayapmiz, ta’minlash xarajatlarini yonimizdan to‘layapmiz...” degan vajlar o‘rganish natijasida avtomashina haydovchilari favqulodda ta’mirlash uchun qilgan xarajatlari hisob-kitob qilinib, avtoxo‘jalik tomonidan to‘liq to‘lab berilgan. 

Kiritildi: 21:27 05.08.2020. O'qildi: 3605 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!