Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Sirdaryoda uch kishi karantinni buzdi: ularga jazo tayinlandi

Sirdaryoda uch kishi karantinni buzdi: ularga jazo tayinlandi

Boyovut tumani “Sohil” mahallasida yashovchi fuqaro SH.S. (ism sharifi shartli ravishda o‘zgartirilgan), Alisher Navoiy mahallasida yashovchi fuqaro N.X. va “O‘zbekiston” mahallasida yashovchi fuqaro J.X.lar karantin qoidalarini buzganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Boyovut tumani Ma’muriy sudi xabariga ko‘ra, Boyovut tumani Ma’muriy sudida 25 va 26-mart kunlari O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar holati yuzasidan sud majlislari bo‘lib o‘tdi.

Unda yuqorida nomlari qayd etilgan fuqarolarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari, ya’ni 892 000 (sakkiz yuz to‘qson ikki ming) so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.

Shu o‘rinda fuqarolarimizga eslatib o‘tamiz. Bugundan, ya’ni 26 mart kunidan niqobsiz yurgan shaxslarga javobgarlik joriy qilindi. Shavkat Mirziyoyev karantin vaqtida mavjud qoidalarni buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga oid qonunni imzoladi.

Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi qayta tahrirlandi. Unga ko‘ra, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha (ya’ni 1 mln 115 ming so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Mazkur qonun e’lon qilingan kundan, ya’ni bugundan kuchga kiradi.

 

Kiritildi: 23:59 26.03.2020. O'qildi: 2961 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!