Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Sirdaryoda toshqindan zararlangan uylarning qanchasi ta’mirlandi?

Sirdaryoda toshqindan zararlangan uylarning qanchasi ta’mirlandi?

Sirdaryoda toshqindan zarar ko‘rgan uylarni ta’mirlash ishlari 76% ga bajarildi.

Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Qurilish vazirligi matbuot kotibi Jamoliddin Qalandarov ma’lum qildi.

— “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari tomonidan 1814 ta uy-joy ta’mirlanishda davom etmoqda. Hozirda 70 ta uyda (76%) ta’mirlash ishlari yakuniga yetdi. Xususan, Qoraqolpog‘iston Respublikasi uchun ajratilgan hudud — “Do‘stlik” mahallasida 46 ta, Xorazm viloyati uchun ajratilgan “Qo‘rg‘ontepa” mahallasida 12 ta va Navoiy viloyati uchun ajratilgan hududda 2 ta, Sirdaryo viloyati uchun ajratilgan “Haqiqat” mahallasida 10 ta uy ta’mirdan chiqarildi;

— Sardoba tumanida 73 ta yaroqsiz, buziladigan uylardan 63 tasini buzib olindi;

— Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 maydagi qaroriga asosan, ijtimoiy soha ob’ektlarini qurish va ta’mirlash ishlari uchun jami 84,0 mlrd. so‘m ajratilishi belgilangan

— Bugungi kunda, ijtimoiy soha ob’ektlarni qurish va ta’mirlash ishlariga 18,8 mlrd. so‘m avans mabalg‘alari moliyalashtirildi, shundan umumta’lim maktablari bo‘yicha 15,4 mlrd. so‘m, sog‘liqni saqlash muassasalari bo‘yicha 2,2 mlrd. so‘m va qolganlari bo‘yicha 1,2 mln. so‘m yo‘naltirildi;

— Olib borilgan doimiy nazorat ishlari natijasida shu vaqtgacha 1814 ta uy-joyda 2180 ta kamchilik aniqlangan bo‘lib, ularni bartaraf etish bo‘yicha "Yagona buyurtmachi xizmati" injiniring kompaniyalariga 148 ta yozma ma’lumotlar berilgan.

Kiritildi: 15:01 01.07.2020. O'qildi: 2048 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!