Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Sirdaryoda qonunbuzarliklar aniqlanmoqda

Sirdaryoda qonunbuzarliklar aniqlanmoqda

Majburiy ijro byurosi Guliston shahar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida "Shodlik" mahallasida joylashgan korxona  tomonidan g‘ayriqonuniy tarzda elektr energiyasidan foydalanilayotganligi fosh etilgan. Jamiyat raxbari B.Isroilov tomonidan Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi “Elektr energiya va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan ”Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”ga zid ravishda MCHJ binosi  va unga tutash savdo do‘konini noqonuniy yo‘llar bilan elektr energiyasi tarmog‘iga ulab olganligi aniqlandi. Buning natijasida shahar elektr tarmoqlari korxonasi manfaatlariga  4.821.213 so‘m zarar yetkazilgan. 
Shuningdek, navbatdagi tekshiruvda shaharning Bog‘ishamol ko‘chasida joylashgan qozonxona katta ustasi S.Parsayev tomonidan gaz loyixasidan tashqari noqonuniy qo‘shimcha gaz qurilmasi o‘rnatilib foydalanilayotganligi oqibatida shahar gaz ta’minoti korxonasiga 4.910.400 so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Ikkala holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:21 25.06.2019. O'qildi: 1396 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!