Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Sirdaryoda mudhish fojia: 2 kishi o‘ldi, 5 kishi kasalxonada

Sirdaryoda mudhish fojia: 2 kishi o‘ldi, 5 kishi kasalxonada

Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida 2019 yil 19 iyul kuni soat 05.20larda Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi 25 yoshli SH.D. boshqaruvidagi “Gazel” rusumli mikroavtobusni “A.Navoiy” MFY hududidan o‘tuvchi “Termiz-Toshkent” yo‘lida haydab ketayotib, uxlab qolishi oqibatida yo‘l chetida to‘xtab turgan Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi 34 yoshli R.M. boshqaruvidagi “Mersedes-Bens” rusumli yuk avtomashinasini tirkamasining orqa qismiga urilib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi yozmoqda.

Natijada “Gazel” mikroavtobusi yo‘lovchisi Buxoro viloyatida yashagan 1956 y.t. N.A. ismli ayol jarohat olib, voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, “Gazel” mikroavtobusining uch nafar yo‘lovchilari jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay bir nafar yo‘lovchi vafot etgan. Haydovchi SH.D. hamda qolgan 4 nafar yo‘lovchilariga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.       

 

Kiritildi: 15:03 20.07.2019. O'qildi: 2675 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!