Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Sirdaryoda MIB xodimlarini haqoratlab, jarohat yetkazgan ota-o‘g‘il sudlandi

Sirdaryoda MIB xodimlarini haqoratlab, jarohat yetkazgan ota-o‘g‘il sudlandi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tuman sudining ochiq sud majlisi, o‘z binosida raislik qiluvchi sudya S.Saribayev, sudya yordamchisi M.Raimberdiyevning kotibaligida, taraflardan Sirdaryo tuman prokurori katta yordamchisi SH.Saidovning ishtirokida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat ishi ko‘rib tamomlandi.

Sud, jinoyat ishidagi to‘plangan dalillar, sudlanuvchilar, jabrlanuvchilar va guvohlarning ko‘rsatuvlariga baho berib, taraflarning muzokaralari hamda sudlanuvchilarning oxirgi so‘zlarini tinglab, quyidagilarni aniqladi, sudlanuvchilar B.R va Z.M lar hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish jinoyatini quyidagi holatda qasddan sodir qilishgan.

Jumladan, 2020 yil 20 fevral kuni soat 15:30 larda Majburiy ijro byurosining Sirdaryo tuman bo‘limi davlat ijrochilari S.Q. va A.K.lar, fuqarolik ishlari bo‘yicha Sirdaryo tumanlararo sudining 18.06.2019 yildagi ijro varaqasiga ko‘ra, Sirdaryo tumani, “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro L.J.ning 5.500.000 so‘m kreditdan bo‘lgan qarzdorligini undirish maqsadida yashash xonadoniga kelishib, L.J.ning turmush o‘rtog‘i B.R va o‘g‘li Z.M.lar qarzdorlikni undira olmasligini aytishib ijro hujjatini S.Q.ni qo‘lidan olib qo‘yib, g‘ijimlab otib yuborib, faol qarshilik ko‘rsatishib, davlat ijrochilarini haqorat qilib, urib, tan jarohati yetkazishgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tuman sudi tomonidan sudlanuvchilarga nisbatan qonuniy jazo tayinlangan.

S.Saribayev,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tuman sudining sudyasi

Kiritildi: 17:43 01.07.2020. O'qildi: 2127 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!