Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Sirdaryoda kasalxonada vafot etgan 4 yashar bolaning otasi ikki shifokorni pichoq bilan jarohatladi

Sirdaryoda kasalxonada vafot etgan 4 yashar bolaning otasi ikki shifokorni pichoq bilan jarohatladi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filialida shifokorlarga tan jarohati yetkazildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur holat yuzasidan  «Daryo»ga quyidagilarni ma’lum qildi.

Filialning shoshilinch bolalar bo‘limiga 8 iyul kuni 2015 yilda tug‘ilgan bemor M.S. «O‘tkir respirator kasallik. Gipertermik sindrom» tashxisi bilan og‘ir ahvolda yotqizilgan. 10 iyul kuni bemorda bezovtalik, ko‘ngil aynib, qayt qilish kuzatilgan. Vrach-pediatr N.Esanova tomonidan bemor zudlik bilan bolalar reanimasiyasi bo‘limiga olib chiqilib, reanimasiya muolajalari ko‘rsatilgan. Shunga qaramasdan soat 12:10 da bemorda biologik o‘lim kuzatilgan.

Bu haqda ota-onasiga xabar berilgach, soat 14:30 atrofida bolaning otasi pichoq bilan filialning bolalar reanimasiyasi shifokori A.R. va viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining bolalar reanimasiyasi shifokori A.B.ga qasddan jarohat yetkazgan. Vrach A.R.ga tibbiy yordam ko‘rsatilib, jarohatiga choklar qo‘yilgan. Vrach A.B.ning bosh qismi sanchilib kesilgan jarohatiga choklar qo‘yilib, gospitalizasiya qilingan.

Voqea to‘g‘risida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berilgan bo‘lib, bugungi kunda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:32 11.07.2019. O'qildi: 2593 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!