Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Sirdaryoda bolalarni poliomiyelitga qarshi emlash boshlandi

Sirdaryoda bolalarni poliomiyelitga qarshi emlash boshlandi

Mamlakatimizda milliy emlash jadvaliga kiritilgan 13 turdagi yuqumli kasallikka qarshi vaksinalar orasida poliomiyelitga qarshi vaksina ham bor. Ayni paytda yurtimizda poliomiyelitga qarshi aralash immunizasiya, ya’ni tomchi orqali hamda ineksion usulda amalga oshiriladi. Vaksina besh marta: bolalarning 2, 3, 4, 16 oyligida va yetti yoshida qo‘llaniladi. Bolalar 4 oyligida ham tomchi orqali, ham in’eksion tarzda emlanadi.
Jumladan, 20 sentyabr kunidan boshlab, viloyatimizdagi 4-5 yoshdagi bolalarni poliomiyelitga qarshi emlash jarayoniga kirishildi. Bu jarayonda viloyatimizdagi 26 ming nafardan ziyod bolalar qamrab olinadi.Shu bugungi kunga qadar 11 mingdan oshiq bolalar qamrab olindi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, bizga qo‘shni bo‘lgan Afg‘oniston va Tojikiston respublikasida joriy yil sentyabr oyida 31 ta holatda poliomiyelit virusining 2-tipi aniqlangan. Shu bois COVID-19 ga pandemiya davri bo‘lishiga qaramasdan, yovvoyi poliovirusning kirib kelish va tarqalishining oldini olish borasida zarur chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

– IPV vaksinasi bilan poliomiyelitga qarshi emlash 20 sentyabrdan 30 sentyabrga qadar o‘tkaziladi, - deydi Sirdaryo viloyat sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘lim boshlig‘i Jo‘rabek Xasanov. – Ayni kunda ehtiyojga yarasha vaksina, shprislar taqsimlanib, emlash punktlariga yetkazib berildi. Bolalarni poliomiyelitga qarshi emlashdan oldin albatta vrach ko‘rigi tashkil etilyapti. Emlashdan keyin 3 kun davomida patronaj kuzatuvida bo‘ladi. Bundan tashqari, profilaktik emlashning bolalar salomatligida tutgan o‘rni va ahamiyati yuzasidan targ‘ibot – tashviqot tadbirlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 20:54 24.09.2021. O'qildi: 1508 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!