Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Sirdaryoda bog‘cha bolalari nimadan zaharlangani ma’lum bo‘ldi

Sirdaryoda bog‘cha bolalari nimadan zaharlangani ma’lum bo‘ldi

18-19 iyun kunlari Boyovut tumani shifoxonasining yuqumli kasalliklar bo‘limiga 21-MTMning 3 xodimi va 22 tarbiyalanuvchisi "o‘tkir ichak kasalligi, ovqat toksikoinfeksiyasi" alomatlari bilan keltirilgan. Maktabgacha ta’lim vazirligi ishchi guruhi zaharlanish sabablariga doir xizmat tekshiruvi o‘tkazgan.

Zaharlanishga iste’mol uchun yaroqsiz bo‘lgan ichimlik suvi sabab bo‘lgan. Gap shundaki, Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti yo‘q. 2019 yil 17 iyun kuni 21-MTMga ichimlik suvi keltirilmagan va muassasa mudirasi maskan ehtiyojlari uchun iste’molga yaroqsiz bo‘lgan ichimlik suvi(kanal suvi)dan foydalanishga qaror qilgan.

Maktabgacha ta’lim vazirligi xizmat tekshiruvini davom ettiradi, uning natijalariga ko‘ra, aybdorlarga qonunchilikda belgilangan choralar qo‘llaniladi.

Sirdaryo viloyati hokimligi MTV mutaxassislari bilan birgalikda bog‘chani ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Kiritildi: 11:26 20.06.2019. O'qildi: 1681 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!