Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Sirdaryo viloyatida yana bir fuqaro YPX inspektoriga pora bergan vaqtida qo‘lga olindi

Sirdaryo viloyatida yana bir fuqaro YPX inspektoriga pora bergan vaqtida qo‘lga olindi

Joriy yilning 24 fevral kuni Sirdaryo viloyati IIB YHXB YPX katta inspektori U.Eralov belgilangan taqsimot asosida Sirdaryo tumani hududida xizmat olib borayotgan vaqtida, haydovchi U.A. boshqaruvidagi “Tracker” rusumli transport vositasini o‘rnatilgan tartibda to‘xtatgan.
Transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarni tekshirish va muloqot jarayonida haydovchining og‘zidan spirtli ichimlik hidi kelayotganligi ma’lum bo‘lgan. Inspektor haydovchini mastlik holatini aniqlash maqsadida tibbiy ko‘rikka taklif etgan. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan vaqtda haydovchining mastlik holatida ekanligi o‘z tasdig‘ini topgan.
Inspektor tomonidan o‘rnatilgan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan.
Haydovchi U.A. avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga YPX katta inspektori U.Eralovga 2.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif etgan.
Xodimning bildirgisiga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida haydovchi U.A. YPX inspektori U.Eralovga 1.902.000 so‘m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida qo‘lga olingan. 
Holat yuzasidan IIV O‘XB Sirdaryo viloyati bo‘yicha bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:09 25.02.2020. O'qildi: 1365 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!