Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Sirdaryo hokimi o‘qituvchilar uchun tanlov e’lon qildi. G‘oliblarga avtomobil sovg‘a qilinadi!

Sirdaryo hokimi o‘qituvchilar uchun tanlov e’lon qildi. G‘oliblarga avtomobil sovg‘a qilinadi!

Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev “Eng yaxshi maktab”, “Eng yaxshi maktab direktori”, “Eng yaxshi fan o‘qituvchisi” tanlovlarini e’lon qilgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Aytilishicha, tanlov g‘oliblariga yengil avtomoshina sovg‘a qilinadi.

Hokim o‘tkazgan yig‘ilishda aytilishicha, har bir rahbar uchun bundan buyon maktab ishi vijdon ishi bo‘lishi shart. «Chunki biz, muhtaram Prezidentimiz aytgandek, ko‘p yillar maktabdan ancha uzoqda bo‘ldik. Endi bu o‘ta muhim dolzarb masalani har birimiz o‘z ish faoliyatimizning asosiy o‘lchov birligi deb qarashimiz kerak», — degan viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev.

Shuningdek, yig‘ilishda Sirdaryo viloyatidagi maktablar salohiyatini ko‘tarish, ulardagi muhitni o‘zgartirish bo‘yicha bir qator muhim topshiriqlar berilgan.

Kiritildi: 09:40 28.08.2019. O'qildi: 1805 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!