Bugun 2 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Si Szinpin uchinchi muddatga Xitoy prezidenti etib saylandi

A A A
Si Szinpin uchinchi muddatga Xitoy prezidenti etib saylandi

Butunxitoy xalq vakillari kengashi deputatlari bir ovozdan Si Szinpinni uchinchi besh yillik muddatga Xitoy prezidenti lavozimiga qayta sayladilar.

Davlat rahbari saylovi 10 mart, juma kuni ertalab yalpi majlisda yashirin ovoz berish yo‘li bilan bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, u mamlakatning barcha qurolli kuchlariga rahbarlik va yagona qo‘mondonlikni ta’minlovchi Xitoy Markaziy Harbiy Kengashi rahbari lavozimiga qayta saylandi.

Si Szinpin ilk bor 2013 yil mart oyida Xitoy Xalq Respublikasi raisi etib, 2018 yil mart oyida esa ikkinchi besh yillik muddatga qayta saylangandi.

XXR raislik lavozimi 1954 yilda mamlakat Konstitusiyasining qabul qilinishi bilan tashkil etilgan bo‘lib, bu lavozimni birinchi bo‘lib Mao Szedun egallagan. Mazkur lavozim 1975 yilda tugatilib, yetti yildan keyin qayta tiklanadi. Ilgari Konstitusiya bir shaxsning XXR prezidenti lavozimini ikki martadan ortiq egallashini cheklagan bo‘lsa, 2018 yil martida Konstitusiyaga kiritilgan o‘zgartirishlardan so‘ng tegishli cheklovlar olib tashlangan.

Si Szinpin bu yil 70 yoshga to‘ladi va u hokimiyatda yana qancha vaqt qolishni rejalashtirayotgani haqida aniq taxminlar yo‘q.

Kiritildi: 10:24 10.03.2023. O'qildi: 1876 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!