Shvesiya polisiyasi "Gyoteborgdagi Isroil inshooti" yaqinida otishma yuz bergani haqida xabar berdi. Mahalliy OAVning ta’kidlashicha, voqea joyi Isroilning Elbit Maarahot mudofaa konsernining sho‘’ba korxonasi Elbit Systems Sweden korxonasi bo‘lgan. Otishma natijasida hech kim jabrlanmagan.
Otishma ortidan voqea joyiga katta polisiya kuchlari, jumladan polisiya vertolyoti yuborildi. Shubhali shaxs qo‘lga olindi va hozirda u odam o‘ldirishga urinish va quroldan noqonuniy foydalanishda ayblanmoqda.
Shvesiyaning Aftonbladet nashri aniqlik kiritishicha, qo‘lga olingan shaxs hali 15 yoshga to‘lmagan.