Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Shunchaki sinab ko‘ring, siz uchun juda foydali

Shunchaki sinab ko‘ring, siz uchun juda foydali

1. Bir hafta davomida qaddingizni rostlab o‘tirishga va yurishga harakat qiling. Shunda xotirangiz yaxshilanganini va miyangiz tez ishlayotganini his qilasiz.

2. Xushlamaydigan yoki arazlashgan insoningiz bilan munosabatlaringizni yaxshilashga harakat qilib ko‘ring. Masalan, xayolan unga chiroyli narsalar sovg‘a qiling. Shunda uning qanchalik xursand bo‘lishiga guvoh bo‘lasiz. Va oxir-oqibat firklaringiz moddiylashib, hayotda ham u bilan yaxshi munosabatda bo‘lasiz.

3. Uxlashdan 2 soat oldin televizor va kompyuterni o‘chiring. Shunda siz orzularingizni ko‘ra boshlaysiz va ich-ichingizda ijodiy istak, katta maqsadlar uyg‘otadi.

4. 2 hafta davomida faqat ish yuzasidangina telefonda gaplashing. Shunda siz bir kunda 24 soat borligiga amin bo‘lasiz. Ya’ni vaqtingizni tejaysiz.

5. 1-2 hafta davomida uyquga ketish oldidan taom tanovul qilmang. Natijada tinch orom olasiz va ertalab yaxshi kayfiyat bilan uyg‘ona boshlaysiz.

6. 1-2 hafta davomida tuz va murchsiz taom yeng. Shunda siz kamroq ovqat yeyayotganingizni bilasiz. Eng muhimi, ancha vazn yo‘qotganingizni his qilasiz.

7. 1 hafta davomida gazli ichimliklar va limonad ichmang. Shunda siz oddiy suvning qanchalik yoqimli va foydali ekanligini bilasiz. Va salomatligingiz uchun anchayin foydali ish qilgan bo‘lasiz.

8. 2 hafta davomida choy va qahvadan voz kechib ko‘ring. Natijada to‘yib uxlaysiz, buning ustiga, yuz teringiz tekislashib, ajinlar chekinishiga erishasiz. Va kamroq asabiylashasiz.

9. Har gal sigaret chekish istagi uyg‘onganda uni olma, mandarin, apelsin, banan yoki 1 stakan suv bilan almashtiring. 2 hafta davomida aynan shunday qilsangiz, o‘zingizda kuch, bardosh va qa’tiyat his qilasiz. Chekish odatidan esa shu tarzda voz kechishinigz mumkin.

Kiritildi: 06:15 16.09.2019. O'qildi: 2969 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!