Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Shuhrat G‘aniyev endi viloyat hokimi emas! Uning yangi ish joyi ma’lum bo‘ldi

Shuhrat G‘aniyev endi viloyat hokimi emas! Uning yangi ish joyi ma’lum bo‘ldi

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev Madaminovich boshqa lavozimga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan.

Effect.uz manbasining ma’lum qilishicha, G‘aniyev bungacha Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev o‘rniga tayinlangan. Tayinlov bugun bo‘lib o‘tgan yopiq sessiyada amalga oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, marhum O‘ktam Barnoyev koronavirusdan davolanib chiqqanidan so‘ng insult kuzatilgan. Shundan keyin u davolanish va bosh miyasida jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun Germaniyaga olib ketilgan va o‘sha yerda davolanish vaqtida olamdan o‘tgan.

Shuhrat G‘aniyev o‘rniga qaysi hokim saylanishi hozircha noma’lum.

Ma’lumot uchun, Shuhrat G‘aniyev hokim sifatida 2012 yildan beri faoliyat olib borayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shuhrat G‘aniyevning ishdan ketgani va uning o‘rniga Ahadbek Haydarov tayinlangani aytilgan edi. Balki ushbu tayinlov endi amalga oshishi mumkin.

Kiritildi: 22:54 24.09.2020. O'qildi: 19084 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!