Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Shri-Lankada koronavirusdan vafot etgan musulmonlar yoqib yuborilyapti

Shri-Lankada koronavirusdan vafot etgan musulmonlar yoqib yuborilyapti

Shri-Lankada koronavirus oqibatida vafot etganlarning jasadi tuproq va ichimlik suviga virus tushishi mumkin degan iddao bilan yoqib yuborilyapti. Bu haqda Bi-bi-si xabar bermoqda.  Mamlakat aholisining o‘n foizini tashkil etuvchi musulmonlar jasadlarning e’tiqodlariga zid ravishda yoqilishidan shikoyatchi. Oliy sud musulmonlarning jasadini yoqmaslik bo‘yicha murojaatni 13 iyul kuni ko‘rib chiqadi. 

Uch farzandning onasi, 44 yoshli Fotima Rinoza 4 may kuni poytaxt Kolombodagi kasalxonalardan biriga koronavirus shubhasi bilan yotqizilgan. Eri Muhammad Shafiqning aytishicha, ana shundan keyin uning oilasi mahalliy rasmiylarning ta’qibiga uchragan. “Uyimizga polisiyachilar va askalar keldi. Bizni tashqariga chiqarib yuborishdi va hamma joyni dorilab chiqishdi.

Juda qo‘rqdik, lekin bizga hech narsa aytishmaydi. Uch oylik chaqaloqqa ham test o‘tkazishdi va bizni itdek karantin markaziga olib borishdi”, – deydi u.

Muhammad Shafiqning oilasi karantin markazida bir kecha qolgan. Ertasi kuni ularga javob berilgan, biroq ikki hafta tashqariga chiqmaslik uqtirilgan. 

Fotima Rinoza esa kasalxonada vafot etdi. Uning jasadi oilasiga qaytarib berilmagan. Marhumaning jasadi yoqilishi haqida uning o‘g‘liga majburlab qo‘l qo‘ydirishgan. 

Shri-Lanka hukumati diniy e’tiqodidan qat’i nazar, koronavirusdan vafot etganlarning bari yoqilishini, hukumat Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) tavsiyalariga rioya qilayotganini aytmoqda. JSST esa koronavirusdan o‘lganlar yoqilishi yoki ko‘milishi mumkinligini ma’lum qilgan. 

Kiritildi: 03:00 07.07.2020. O'qildi: 3495 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!