Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Shotlandiyada havaskor arxeolog 3000 yillik tarixga ega xazinani topib oldi

Shotlandiyada havaskor arxeolog 3000 yillik tarixga ega xazinani topib oldi

Shotlandiyada xazinalar qidirishni xush ko‘ruvchi Mariush Stepyen metall detektor yordamida taxminan 3 ming yillik tarixga ega qadimiy buyumlarni topdi, deb xabar beradi “The Guardian”.

Nashrning ta’kidlashicha, xazina 1,5 m chuqurlikda aniqlangan.

Metall detektordan chiqqan signal shu qadar kuchli bo‘lganki, Stepyen topilma haqda Shotlandiya milliy muzeyiga qarashli “Treasure Trove” tashkilotiga xabar qilgan.

Voqea joyiga darhol professional arxeologlar yetib kelishgan va deyarli bir oy davomida tekshiruv ishlarini olib borishgan.

Natijada bahosi ancha yuqori ko‘rsatkichlarni qayd eta oladigan xazina topilganligi rasmiy ravishda tasdiqlangan.

Kiritildi: 06:30 13.08.2020. O'qildi: 3497 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!