Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Shotlandiyada antiqa dizayndagi masjid qurilmoqda

Shotlandiyada antiqa dizayndagi masjid qurilmoqda

Shotlandiyaning Perta shahridagi musulmonlar jamoasi shahardagi birinchi yangi masjid qurilishini boshladi. 

Masjid loyihasi Makespace Architects kompaniyasi tomonidan tayyorlangan bo‘lib, u yerda Islom va britan arxitekturasi uyg‘unlashadi.

Uch qavatli masjidning tashqi ko‘rinishi an’anaviy Islom arxitekturasining kelt motivlari bilan uyg‘unlashgan ko‘rinishida tayyorlanadi.

Xonaqohda bir vaqtning o‘zida 320 nafar kishi namoz o‘qishi mumkin bo‘ladi.

2016 yilda Perta musulmonlari ilgari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘sh binoni xarid qilganlaridan so‘ng uni loyihalashtirish ishlari boshlangan edi.

Ayni paytda shahar masjidi moslashtirilgan ikki xonali kvartirada ro‘yxatdan o‘tgan.

Kiritildi: 11:55 08.08.2020. O'qildi: 2848 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!