Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Shomurodovning mardligi: Futbolchi raqib darvozabonini qanday hayratga soldi?

Shomurodovning mardligi:  Futbolchi raqib darvozabonini qanday hayratga soldi?

O‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodovning mardligi "Budyo-Glimt" jamoasining rossiyalik darvozaboni Nikita Xaykinni hayratda qoldirdi, deb yozmoqda bugun Rossiyaning bir necha sport nashrlari.

"Men Eldor Shomurodovga rahmat aytmoqchiman. U o‘yindan so‘ng o‘zini juda to‘g‘ri va mard tutdi. Bizning yigitlar “Roma”ning bir necha futbolchilari bilan futbolka almashishni so‘ramoqchi edi, lekin bunday mag‘lubiyatdan so‘ng bu og‘ir bo‘lishini bilishardi. Shu sababli men Eldordan iltimos qildim. U ajoyib yigit ekan, bizga bir necha mayka olib chiqib berdi", - dedi Xaykin.

Kecha Norvegiyaning "Budyo-Glimt" jamoasi va "Roma" o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Yevropa Ligasining 3-tur gurux uchrashuvida Joze Mourinyo jamoasi, kutilmaganda katta hisobda (6:1) yutqizib qo‘ydi. Norvegiyada bo‘lib o‘tgan o‘yinni tomosha qilish uchun Italiya jamoapining minglab muxlislari ham kelgan edi.

Bunday vaziyatda, tabiiyni, o‘yindan so‘ng jamoaning kayfiyati tushgan, hech kim ortiqcha sentimentlarga tayyor emasdi. "Roma" futbolchilari hatto yechinish xonasidan chiqishni istashmadi. Lekin Yevropaning eng mashhur jamoalari bilan ilk bor to‘p so‘rgan "Budyo-Glimt" futbolchilari "Roma" jamoasi bilan futbolka almashishni istardi.

Kiritildi: 23:07 24.10.2021. O'qildi: 8147 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!