Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Shomurodovni Rossiya terma jamoasiga jalb etishni talab qilishdi!

Shomurodovni Rossiya terma jamoasiga jalb etishni talab qilishdi!

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov unga notanish bir inson qo‘ng‘iroq qilib "Lokomotiv" hujumchisi Fyodor Smolovning o‘rniga "Rostov" forvardi Eldor Shomurodovni termaga jalb qilishni talab qilganini aytdi.

"Menga yaqinda qo‘ng‘iroq qilishdi va jarohatlangan Smolovning o‘rniga Shomurodovni chaqirishimni so‘rashdi. Kim qo‘ng‘iroq qilganini ochig‘i bilmayman, ammo u jiddiy ohangda gapirdi. Muxlis mening raqamimni qayerdandir topib olgan va suhbat davomida menga iqtidorli va eng yaxshi merganni sezmayotganligimni aytdi. Men hammasini sabr bilan eshitdim va unga javoban: "siz hammasini to‘g‘ri aytmoqdasiz, ammo eng asosiysini hisobga olmabsizda" dedim. Unga hurmat bilan O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinchisini chaqira olmasligimni aytdim. Afsuski, gaplashgan odamimni yuzini ko‘ra olmadim, lekin unda grossmeystercha pauza bor edi. Hazil, hammasi hazil, hissiyotlar ko‘pincha ongni sindiradida", - deydi Cherchesov.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov RPLning joriy mavsumida 10ta gol urishga erishdi.

"Rostov" forvardi 2015 yildan buyon O‘zbekiston milliy terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

Kiritildi: 14:47 22.10.2019. O'qildi: 4782 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!