Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Shomurodov Osiyoning eng qimmat futbolchilari reytingidan o‘rin oldi

Shomurodov Osiyoning eng qimmat futbolchilari reytingidan o‘rin oldi

Germaniyaning Transfermarkt portali Osiyoning eng qimmat futbolchilari ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, «Tottenhem» klubi va Janubiya Koreya terma jamoasi hujumchisi Son Hyon Min yaqqol ustunlik bilan peshqadamlik qilmoqda. 27 yoshli chap qanot vingerining narxi 64 million yevroga teng.

Ikkinchi o‘rindan «Portu»ning yaponiyalik hujumchisi Shoya Nakajima (16 million yevro) o‘rin olgan bo‘lsa, Eron terma jamoasi va «Zenit» klubi forvardi Sardor Azmun (14,5) kuchli uchlikka yakun yasagan.

Top-10 dan jami besh nafar yaponiyalik, uch nafar koreyalik, bir nafardan fors va xitoylik futbolchi o‘rin oldi.

O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisi Eldor Shomurodov ro‘yxatning 18-pog‘onasidan joy olgan. «Rostov» hujumchisi 5,2 million yevroga baholangan.

Eng qimmat osiyolik futbolchi o‘nligi bilan tanishing:

1. Son Hyon Min («Tottenhem», Janubiy Koreya) — 64 million yevro

2. Shoya Nakajima («Portu», Yaponiya) — 16

3. Sardor Azmun («Zenit», Eron) — 14,5

4. Takefusa Kubo («Malyorka»/«Real», Yaponiya) — 13,5

5. Li Kan In («Valensiya», Janubiy Koreya) — 13,5

6. Takehiro Tomiyasu («Bolonya», Yaponiya) — 13,5

7. Hvan Hi Chan («Zalsburg», Janubiy Koreya) — 10

8. Takumi Minamino («Liverpul», Yaponiya) — 10

9. Daichi Kamada («Ayntraxt», Yaponiya) — 8

10. Vu Ley («Espanyol», Xitoy) — 8.

Kiritildi: 07:45 28.05.2020. O'qildi: 5803 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!