Germaniya hukumati Isroilga qurol yetkazib berishni davom ettirish niyatida. Bu haqda TASS yozmoqda.
Germaniya kansleri Olaf Shols Bundestagda Xamasning yahudiy davlatiga hujumi yilligiga bag‘ishlangan debat chog‘ida hukumatni Isroilni qo‘llab-quvvatlamagani uchun qoralagan muxolifat vakillarining ayblovlariga javoban shunday dedi: “Biz qurol bilan ta’minlash bo‘yicha qaror qilmadik. Biz qurol yetkazib berdik va yana yetkazib beramiz. Bu Germaniya hukumatining pozisiyasidir".
Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat qarorlar qabul qilgan va yaqin kelajakda Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berishni ham ta’minlaydi.