Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Shohjahon Ergashevning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

Shohjahon Ergashevning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shohjahon Ergashev (17-0, 15 KO) 2020 yilning boshida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonlik bokschi 2020 yilning 10 yanvar kuni amerikalik Kit Hanterga (11-0, 7 KO) qarshi ringga chiqadi. Jang Nyu-Jersi shtati markazi Atlantik Siti shahrida bo‘lib o‘tadi. 12 raunddan iborat jang g‘olibi ayni vaqtda Mario Barrios (25-0, 16 KO) egalik qilayotgan WBA’ning WBA Regular chempionlik kamari uchun rasmiy da’vogarga aylanadi.

Ma’lumot uchun, Kit Hanter faoliyati davomida 11 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, 10-jangida u o‘zbekistonlik boshqa bir bokschi Sanjar Rahmonovga (12-2-1, 6 KO) qarshi ringga chiqib, hakamlar qarori evaziga g‘olib chiqqandi.

Kiritildi: 15:48 16.11.2019. O'qildi: 2274 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!