Bugun 17 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Shohjahon Ergashev Shahram G‘iyosovni mag‘lubiyatga uchratganini aytdi (video)

Shohjahon Ergashev Shahram G‘iyosovni mag‘lubiyatga uchratganini aytdi (video)

Bokschi Shohjahon Ergashev «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Suhbat davomida Shohjahon Ergashev hamkasbi Shahram G‘iyosov bilan o‘rtasida ziddiyat yo‘qligi, uni hurmat qilishi, jang kuni ma’lum bo‘lgan taqdirda jangga tayyorligi haqida gapirdi.

Bokschi Shahram G‘iyosov avvalroq «Daryo»ga bergan intervyusida «300 mln dollar berishsa nega urushmaymiz, urushamiz. Bizning jangimiz hech qachon avvaldan kelishilgan bo‘lmaydi. Agar jang bo‘lsa haqqoniy jang bo‘ladi», mazmunidagi fikrlarni aytib o‘tgan edi.

Shahram dunyoda o‘zining o‘rniga ega bo‘lgan bokschi, olimpiadada O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘targan. Prezidentimizning qo‘lidan sovg‘a olgan, xalqimiz e’tiborida, hurmati bor. Vatanni bayrog‘ini yelkasiga tashlab AQShda boks tushib yuribdi.

U bola bilan qanday ziddiyatim bo‘lishi mumkin. Havaskor boksda Shahram G‘iyosovni yenganman, ammo unda yengdi degani , 5—6 yil oldin yengdi degani, bugun ham uni yengadi degani emas. Balki yengarman, balki yutqizarman.

Agar daraxt shoxini ustida bir qush turgan bo‘lsa, u daraxtning shoxiga emas, o‘zining qanotlariga ishonib turibdi. Men ham o‘zimni kuchimga ishonib gapiryapman. Xohlagan vaqtda urishaman, kimligining farqi yo‘q. Alloh kuch-quvvat berib, tan-u jonim sog‘ bo‘lsa bo‘ldi. Bir boshidan hammasini bilan urishaman. Odamlar kutyaptimi shu jangni, xop kusin, bir kuni bo‘ladi. Hamma narsaning o‘z vaqti, soati bor.

Balki umuman birga jang qilmasmiz. Menga qolsa jang qilmaganimiz ma’qul, chunki ikkalamizning ham maqsadimiz bitta, ya’ni Vatan bayrog‘ini ko‘tarish.

Shohjahon Ergashev, bokschi

Kiritildi: 15:04 14.10.2019. O'qildi: 2801 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!