Bugun 17 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Shimoliy Koreya koronavirus pandemiyasi sabab bondlarni sotuvga chiqaradi

Shimoliy Koreya koronavirus pandemiyasi sabab bondlarni sotuvga chiqaradi

Dunyodagi eng yopiq mamlakatlardan biri hisoblanuvchi Shimoliy Koreya koronavirus pandemiyasi sabab og‘ir iqtisodiy inqiroz ostida qoldi, deb xabar beradi Financial Times.

Pxenyan 17 yil ichida birinchi bor bondlarni sotuvga chiqaradi. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mahalliy boy qatlamdan obligasiyalarni sotib olishni talab qilib, shu orqali mamlakat byudjetining 60 foizini moliyalashtirish uchun xorij valyutasini jalb etishni rejalashtirmoqda. Amerikaning Foreign Policy Research Institute tahlil markazini xodimi Benjamin Silbersteynning so‘zlariga ko‘ra, hukumat obligasiyalar sotib olishni rejimga sodiqlikni namoyon etish sifatida baholaydi.

Fitch reyting agentligining baholashicha, Shimoliy Koreya iqtisodiyoti 2020 yilda 6 foizga tushib ketadi. Vaziyatning yomonlashuviga sanksiyalar va 2018—2019 yillarda ketma-ket kelgan qurg‘oqchiliklar sabab bo‘lgan.

Kiritildi: 07:58 03.06.2020. O'qildi: 2486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!