Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Shifokorlarga tajovuz qilgan andijonlik yigit: «Egizagim bu yoqda qon qusyapti, g‘alati bo‘lib ketdim»

Shifokorlarga tajovuz qilgan andijonlik yigit: «Egizagim bu yoqda qon qusyapti, g‘alati bo‘lib ketdim»

Avvalroq saytimizda Andijon viloyatida yigit shifokorga tajovuz qilgani haqida yozgan edik. 

Ushbu holat yuzasidan viloyat IIBB surishtiruv ishlari olib bordi. Ma’lum bo‘lishicha, voqea shu yilning 29 fevral kuni sodir bo‘lgan. U opasini yiqilib jarohatlangani uchun shifoxonaga olib borgan. Shunda u shifokorlarning ro‘yxatga olish jarayonini kechiktirayotganidan jahli chiqib, janjal ko‘targan va qo‘lidagi temir buyumni otib yuborgan. 

“Kelsam hech kim yo‘q. Ikkita vrach gaplashib turipti. Egizagim bu yoqda qon qusyapti, g‘alati bo‘lib kettim. Men hech qanaqa pichoq bilan hujum qilmadim. U mening ustachilikda ishlatadigan mehnat qurolim edi”, – dedi janjal ko‘targan yigit. 

U shok holatida bo‘lganini aytib, shifokorlardan uzr so‘radi. 

Hozirda holat bo‘yicha tegishli organlar tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Kiritildi: 01:21 11.03.2020. O'qildi: 3993 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!