Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Sherzod Shermatov o‘qituvchilarning ish uslubini solishtirdi va...

Sherzod Shermatov o‘qituvchilarning ish uslubini solishtirdi va...

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov o‘qituvchilarning ish uslubini o‘zaro solishtirdi. Vazirning ta’kidlashicha, o‘ziga va atrofdagilarga talabchanlik muvaffaqiyat garovi, o‘zidan tashqari barchadan ayb izlash bilan cheklanish mag‘lubiyat asosidir.

«Yaxshi va yomon ko‘rsatkichli maktablar orasida turli viloyatlarda bo‘lishiga qaramay, qiziq bir umumiy holatni kuzatish mumkin.

Oliy ta’lim muassasasiga davlat granti asosida kirgan bitiruvchilari ko‘p va umuman ta’lim sifati yuqori bo‘lgan maktab ma’muriyati va o‘qituvchilari bilan suhbatlashganda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, ular asosan o‘z kasbini sevishi, talabchanlik, tartib-intizom, darsga puxta tayyorgarlik ko‘rish kabi muhim vazifalari haqida aytib o‘tishdi. Ya’ni maktab muvaffaqiyatga erishishi uchun birinchi navbatda, ular o‘zlari harakat qilishlari kerakligini ta’kidlab o‘tishdi.

Oliy ta’lim muassasalariga bironta ham bitiruvchisi o‘qishga kirmagan hamda ota-onalar tomonidan talab yuqori bo‘lmagan (ya’ni markazda joylashgan va quvvatidan ko‘ra o‘quvchi soni kam bo‘lgan) maktab jamoasidan bu holatning sabablari so‘ralganda, ular o‘quvchilarning o‘qishga qiziqmasligi, bolalarning ota-onalarining o‘zi ham oliy ma’lumotli emasligi, hamda ularning ko‘pchiligi dehqon yoki hunarmand bo‘lgani sababli, ular ham o‘z navbatida farzandlarini darsga qiziqtirish o‘rniga hunarga o‘rgatayotgani, darsga proyektor yetishmasligi va h.q. kabi turli sabablarni aytib o‘tishdi. Ya’ni maktab bitiruvchilarining muvaffaqiyatsizligida ulardan boshqa hamma aybdor ekanini tushuntirishga ancha harakat qilishdi.

Bu o‘quv yilini «Ta’limda islohot: o‘zgarishni o‘zimizdan boshlaylik!» degan shior ostida boshlaganimiz bejiz emas.

Hurmatli ustozlar va maktab rahbarlari!

Maktabning muvaffaqiyati asosan sizning mehnatingizga bog‘liq. O‘quvchilarni motivasiya qilish va ularni kelgusida oliy ta’lim muassasasiga qiziqtirish va yo‘naltirish, ota-onalarga ham imkon boricha farzandlarining qiziqish va salohiyatlaridan kelib chiqib, hayotda yuqoriroq marralarga harakat qilishlari muhimligini tushuntirish kerak bo‘ladi».

Kiritildi: 18:20 14.10.2019. O'qildi: 2391 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!