Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Shavkat Mirziyovning kuyovi tonirovka haqida qanday fikr bildirdi?

Shavkat Mirziyovning kuyovi tonirovka haqida qanday fikr bildirdi?

O‘zbekiston triatlon federasiyasi raisi Otabek Umarov instagramdagi sahifasida tonirovka haqida fikr bildirdi.

"Menga “Instagram”dagi sahifam orqali bahsli mavzu — “tonirovka” borasida juda ko‘p murojaat kelib tushmoqda. Shu sababli va bu aktual mavzuning qisman xavfsizlik masalasi bilan bog‘liqligi uchun o‘z fikrimni bildirishga qaror qildim. Fikrimcha, “tonirovka” mavzusi O‘zbekiston sharoitida dolzarb va o‘rinli ko‘tarilgan. Chunki yurtimizda iqlim sharoiti yoz oylari, ayniqsa, chilla payti juda og‘ir bo‘ladi. 
Masalaning muhim ekanligini hamda Internet tarmoqlari orqali jamoatchilik, blogerlar va deputatlar murojaatlarini inobatga olib, biz mutasaddi davlat idoralariga bu masalani amaliyotga joriy qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdik. Hozirda “tonirovka” mavzusi boshqa davlatlar tajribasidan kelib chiqib, har tomonlama ko‘rib chiqilmoqda. 
Xavfsizlik nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, shuni alohida aytmoqchimanki, bizda ushbu yo‘nalishda hamma zarur choralar ishlab chiqilgan va ijrosi ta’minlangan. Avtoulov “tonirovka”si xavfsizlik masalalarini hal qilishda va ta’minlashda bizga to‘siq bo‘lolmaydi", deb yozadi Shavkat Mirziyoyevning kuyovi.

Kiritildi: 10:16 20.07.2019. O'qildi: 3359 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!