Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev barcha hokimlarni qat’iy ogohlantirdi

Shavkat Mirziyoyev barcha hokimlarni qat’iy ogohlantirdi

 Barcha darajadagi rahbarlar va hokimlar Konstitusiyaning 53-moddasi va “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun talablariga so‘zsiz rioya qilishlari shartligi haqida qat’iy ogohlantirilgan.

Bu haqda prezident kecha imzolagan qarorda so‘z boradi. Unga ko‘ra, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalari, ob’ektlar qiymatini baholash natijalarini qayta ko‘rib chiqish va bekor qilish masalalari yuzasidan davlat organlari, shu jumladan, nazorat, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar tomonidan tashabbus bilan chiqish xususiy mulkning daxlsizligini buzish sifatida baholanadi. Bunday ishlar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.

Bosh prokuratura xususiy mulkni himoya qilish ustidan nazoratni kuchaytiradi. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarini qayta ko‘rib chiqish va bekor qilish tashabbusi bilan chiqqanlik uchun mansabdor shaxslarning muqarrar javobgarligi jinoiy javobgarlikka tortishga qadar oshiriladi.

Kiritildi: 11:22 21.11.2019. O'qildi: 6348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!