Yig‘ilishda Toshkent tumani viloyat aholisiga uy-joy qurish uchun asosiy baza bo‘lishi kerakligi qayd etildi. Shuningdek, Toshkent tumani orqali Qozog‘istondan kuniga 44 ming odam, jumladan 2-2,5 ming xorijiy turistlar o‘tib qaytadi. Mutasaddilarga “Shifobaxsh suvlar” hududidan yana 5 ta sanatoriy qurish uchun joy topib, auksionga chiqarish, Shifobaxsh suvlar ko‘chasini kengaytirib, atrofida yirik savdo, sport va ko‘ngilochar markazlar, ko‘p qavatli uylar qurish bo‘yicha master reja ishlab chiqish topshirildi. Poytaxtdagi korxonalarga viloyatdagi qurilishi to‘xtagan ob’ektlarga ko‘chib o‘tishni taklif qilish muhimligi ta’kidlandi. Ancha vaqtdan beri sotilmagan 70 ta ob’ekt poytaxtdagi tadbirkorlarga bo‘lib-bo‘lib to‘lashga beriladi. Sharti – ishchilarning 50 foizi kambag‘al oiladan bo‘lishi kerak.