Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Shavkat Mirziyoyev: "Qashqadaryoda negadir yomon illatlar ko‘paydi"

Shavkat Mirziyoyev: "Qashqadaryoda negadir yomon illatlar ko‘paydi"

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yig‘ilishi davom etmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev majlisda tarixiy shaxslar va ziyoratgohlar masalasiga alohida to‘xtaldi. Bu haqda "Qalampir.uz" yozmoqda.

“O‘zimizning tarixiy shaxslar kitoblarini ko‘proq o‘qishimiz kerak. Nimagadir oxirgi vaqtlar Qashqadaryoda yomon illatlar ko‘paydi. Viloyatda hech qachon bunday holat kuzatilmasdi. 

Qashqadaryoga borgan vaqtimda, hozir ismini aytsam uyat bo‘ladi, rahbarlaridan biriga, diniy idora vakillariga savollar berdim. Avvalgi hokimiga Samarqand viloyatidagidek insonlarni islom ilmiga o‘rgatadigan ziyoratgoh bormi, deya savol berdim.

“Ha bitta zo‘r joy bor. Har safar biz ham ziyorat qilib daraxtiga latta boylab keladigan”, deb javob berdi. Lattani boylaganda qanday ilm bor ekan? Bularni qaysi kitobdan o‘qigan ekan? Qanday dalillari bor, borib latta bog‘lab keladi?”, deydi Prezident.

Davlat rahbari shuningdek, din yo‘lida adashgan kimsalarga diniy ulamo Nasafiy tomonidan ming yil avval 15 ta kitob yozib ketilgani haqida ham gapirdi. Bularni o‘qitish, o‘rganish masalasiga to‘xtaldi. 

Kiritildi: 12:24 20.01.2020. O'qildi: 6861 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!