Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev qarori: hamma sotib olishga qurbi yetadigan arzon avtomobillar ishlab chiqariladi

Shavkat Mirziyoyev qarori: hamma sotib olishga qurbi yetadigan arzon avtomobillar ishlab chiqariladi

Prezident 18 iyul kuni "Avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan 2019-2023 yillarda avtomobil sanoatini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:

engil avtomobillar ishlab chiqarish hajmini 350 ming donagacha oshirish;

engil avtomobillarni mahalliylashtirish darajasini o‘rta hisobda 60 foizgacha yetkazish;

yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqarish hajmini 10 ming donagacha oshirish;

avtomobillarning yillik eksport hajmini 100 ming donagacha yetkazish;

korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini, shuningdek, “ERP” avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimini joriy etish;

aholining keng qatlamlari uchun hamyonbop bo‘lgan yengil avtomobilning yangi zamonaviy modeli ishlab chiqarilishini nazarda tutgan holda avtomobillarning modellar qatorini yangilash;

“O‘zavtosanoat” AJ tarkibiga kiruvchi kamida ikkita aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini mahalliy va xalqaro fond bozorlarida birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) orqali investorlarni jalb etish.

Investisiya dasturiga muvofiq, GM bosh ofisi bilan hamkorlikda modellar rusumi yangilanadi. Bunda 3 ta model rusumi yagona platformada chiqariladi. Bugungi kunda iste’molchilarga 5 ta model yetkazib berilayotgan bo‘lsa, hammasining platformasi turli xil. Platformaning bir xil qilinishi mashinalarning narxini 15-20 foizga tushiradi.

 

Kiritildi: 12:24 19.07.2019. O'qildi: 5453 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!