Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Shavkat Mirziyoyev deputat Rasul Kusherbayev haqida fikr bildirdi

Shavkat Mirziyoyev deputat Rasul Kusherbayev haqida fikr bildirdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisida so‘zga chiqqan Prezident Shavkat Mirziyoyev deputatlar haqida fikr bildirdi. Bu haqda «Daryo» muxbiri Mirolim Isajonov xabar berdi.

«Muammoli vaziyatlarda deputatlarning bir chekkada, tomoshabin bo‘lib turishini bundan keyin xalqimiz aslo qabul qila olmaydi. Axir, fuqarolar o‘z vakillarini xalq fikrini ifoda etish va ular manfaatini himoya qilish uchun saylaydi. El-yurtimiz deputat timsolida qonun va ahloq-odob mezonlarini buzgan mansabdorlarga qarshi tura oladigan talabchan, kurashchi, xalq dardini qo‘rqmasdan ko‘tarib chiqadigan o‘z himoyachisi, o‘z vakilini ko‘rishni istaydi. Bu borada dastlabki qadamlar tashlanmoqda. Rasul Kusherbayev, Shuhrat Polvonov, Alisher Hamroyev kabi yosh va jonkuyar deputatlar faoliyati saylovchilarga juda ma’qul bo‘lmoqda», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston Prezidenti deputat Rasul Kusherbayevning faoliyatini alohida e’tirof etdi:

«Ayniqsa, Rasul to‘g‘risida ko‘p gaplar bo‘ladi, hammagayam yoqmaysan, menga yoqasan. Nimaga? Gap savol berishda emas, gap muhokama qilishda emas. Menga xalqim ishon bildirsa, men hech qachon tashqaridan oppozisiyani qo‘ymayman, biz ichkaridan tayyor bo‘lishimiz kerak. O‘zimizning milliy urf-odatlarimiz, xalqimiz manfaati bilan tayyor bo‘lishimiz kerak. U oppozisiya emas, millatparvarlik, vatanparvarlik timsoli. Shuning uchun sizlarga katta rahmat! Birinchi qadam bilan, biz yaxshilarimizga mana shunday ehtirom ko‘rsatsak, bu ham to‘g‘ri bo‘ladi».

Kiritildi: 13:22 20.01.2020. O'qildi: 6586 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!