Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

«Sharq taronalari» yakunlandi. Gran-pri o‘zbekistonlik san’atkorga nasib qildi!

«Sharq taronalari» yakunlandi. Gran-pri o‘zbekistonlik san’atkorga nasib qildi!

Samarqand shahrida 12-marta tashkil etilgan «Sharq taronalari» xalqaro musiqiy festivali yakunlandi. Festivalning oxirgi kunida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Unga ko‘ra, 3 ta jamoa uchinchi, 2 ta jamoa ikkinchi, 2 ta jamoa birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Gran-pri esa bitta jamoaga nasib qildi.

Tojikistonning «Badaxshon», Rossiyaning «Ayarxan» jamoalari hamda o‘zbekistonlik Azizjon Abduazimov va Ulug‘bek Elmurodzoda dueti uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ularga maxsus mukofot bilan birga 2 ming AQSh dollaridan pul mukofoti berildi.

Mo‘g‘ulistonning «Xatan» va Turkmanistonning «Archabil» jamoasi ikkinchi o‘rinni egallab, maxsus sovrin hamda 3,5 ming AQSh dollaridan mukofot olishdi. Birinchi o‘ringa ozarbayjonlik Parviz Gasimov hamda Qirg‘izistonning «Qomuzchilar» guruhi munosib ko‘rildi. Ularga 5 ming AQSh dollaridan pul mukofotlari berildi.

Gran-pri o‘zbekistonlik Mehrinigor Abdurashidovaga nasib qildi. O‘zbekistonlik san’atkor 10 ming AQSh dollari bilan mukofotlandi. Shuningdek, qo‘shimcha nominasiyalarda ham g‘oliblar taqdirlandi. «Mehr-oqibatni tarannum etgani uchun» sovrini Estoniyaning «Ruut» guruhiga nasib qildi.

«Musiqa san’ati jonkuyari» yo‘nalishida Hindistonning «Debapriya va Samanvaya» guruhi g‘olib bo‘ldi.

Eronning «Xaray» ayollar jamoasiga «An’analarga sodiq qolganiligi uchun» maxsus sovrin berildi.

«Qadriyatlar davomchisi» nominasiyasida Qozog‘istonning «Babalar sazi» guruhi birinchi bo‘ldi.

Samarqand shahar hokimligining maxsus sovrini AQShlik «Xenxauz Prouvlers» guruhiga nasib qildi. Bu nominantlarga 500 AQSh dollaridan mukofotlar berildi.

 

Kiritildi: 10:45 31.08.2019. O'qildi: 2316 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!