Shanxayda Lin ismli shaxs supermarketda odamlarga pichoq bilan hujum qildi va 18 kishini jarohatladi, uch kishini qutqarib bo‘lmadi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda .
Voqea dushanba kuni kechqurun yuz bergan. Polisiya 37 yoshli hujumchini voqea joyida qo‘lga oldi.
Barcha jabrlanganlar shifoxonaga jo‘natildi, ammo shifokorlar ulardan uch nafariga yordam bera olmadi.