Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Shahrisabzda YPX xodimi haydovchidan qochib ketdi (video)

Shahrisabzda YPX xodimi haydovchidan qochib ketdi (video)

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l-patrul xizmati xodimining xavfsizlik kamari taqmasdan avtotransport vositasini boshqarganlik holati aks etgan videotasvir tarqaldi. Videoda fuqaro xodimga murojaat qilib xavfsizlik kamarini taqib olishini aytadi. Ammo xodim avtotransport vositasini harakatga keltirib ketib qoladi. Buni qarangki, xodim piyodalarga yo‘l bermasdan avtotransport vositasini boshqaradi.

Shundan so‘ng, avtotransport vositasi qayta jihozlanganligi ya’ni o‘lchami transport vositasi konstruksiyasiga to‘g‘ri kelmaydigan shinalar qo‘yilanini ko‘rgan fuqaro YPX xodimi ortidan boradi va yo‘lda to‘xtatib unga murojaat qiladi.
Shunda yo‘l-patrul xizmati xodimi yana xavfsizlik kamarisiz avtotransportni boshqarmoqda edi.
Batafsil videoda tomosha qiling.

Kiritildi: 22:36 08.07.2020. O'qildi: 6475 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!