Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Shahobiddin Zoirov Hasanboy Do‘smatovni mag‘lub etgan hindistonlik bokschi haqida: Amit Pangal men uchun bokschi emas

Shahobiddin Zoirov Hasanboy Do‘smatovni mag‘lub etgan hindistonlik bokschi haqida: Amit Pangal men uchun bokschi emas

Boks bo‘yicha Rio—2016 Olimpiadasi g‘olibi va Jahon chempioni Shahobiddin Zoirov Tokio—2020 Olimpiya o‘yinlari lisenziyasi uchun Iordaniyadagi musobaqa haqida fikr bildirar ekan, o‘z vazn toifasidagi raqiblaridan biri hindistonlik Amit Pangal borasida gapirdi.

2020 yilning bahorida o‘tkazilgan lisenzion musobaqada Zoirov va Amit yarim finalda o‘z yurishini to‘xtatgandi. Shundan keyin hindistonlik bokschi o‘z intervyularining birida Shahobiddin va o‘zining mag‘lubiyatiga lisenziya qo‘lga kiritilgandan keyingi xotirjamlik sabab bo‘lgani haqida aytgandi.

Bir sabab bordir, men yutqazdim. Hamma bokschi yutqazadi-ku. Jahon chempionati Amit menga yutqazadi deb kim ham o‘ylagandi? Hamma uni chempion bo‘ladi deb o‘ylagandi.

Biroq men uni yutishimni bilgandim va bundan keyin ham yutaman. Amit men uchun bokschi emas. Bu gapni o‘ziga ham aytaman.

Shahobiddin Zoirov, bokschi

Eslatib o‘tamiz, Zoirov Iordaniyadagi musobaqada tailandlik Titisan Panmotga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

2019 yil Rossiya o‘tkazilgan Jahon chempionatida Zoirov finalda Amitni mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritgandi. Amit Pangal mutlaq yengil vazn toifasining yetakchilaridan biri hisoblanadi. U 2018 yilgi Osiyo o‘yinlarida finalda o‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatovni mag‘lub etgan holda g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi. Shuningdek, 2019 yilda Osiyo chempionligini ham qo‘lga kiritgan.

Zoirov Bolgariyada o‘tgan Stranja—2021 musobaqasi yarim finalida Hindiston vakili Dipak Kumarga yutqazib qo‘ydi. Biroq bu gaplarni bokschi jangdan ancha avval aytgandi.

 

Kiritildi: 14:48 27.02.2021. O'qildi: 4912 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!