Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Sergelidegi 20 yillik uy mojarosi

Sergelidegi 20 yillik uy mojarosi

Xalq dardi bilan yashash, uning roziligi yo‘lida kunni-tunga ulab mehnat qilish bugun hokimiyat vakillari oldiga qo‘yilgan asosiy masaladir. Zero, davlat rahbari ta’biri bilan aytganda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, muqim boshpanasi bo‘lmagan shaxslarga imtiyozlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylanishi lozim. Biroq, tahririyatimizga kelayotgan murojaatchilar fikrlarini tinglar ekanmiz, ayrim hududlarda islohotlarning aksi bo‘layotganiga guvoh bo‘lamiz, dkb yozadi "human.uz". 

Toshkent shahri Sergeli tumanida istiqomat qilayotgan Klara Otaboyeva mana shu islohotlardan umidvor inson sifatida o‘z haq-huquqlarini talab qilayotganiga ancha bo‘ldi. Har bir murojaatidan so‘ng go‘yoki uning uyi bilan bog‘liq Muammo hal bo‘lgandek tuyilaveradi, biroq opa oilasi bilan ko‘chada qolib ketadi. Vaziyatni uning o‘zi quyidagicha bayon qilib berdi:

“Men Sergeli 8 4/31 xonadonida 1997 yildan 2016 yilgacha uzluksiz yashab keldim. 4 ta farzandim bilan. Biz o‘sha vaqtda bo‘sh uy izlab kelib qolganimizda, shu yerdagi mas’ullar bizga bo‘sh uy borligi, lekin, uni egasi borligi va egasi kelguncha yashab turishimiz mumkinligini aytishdi. 2007 yilda esa bizga hokimiyatdan qog‘oz keldi. Unda bizni uydan chiqarib yuborish aytilgan edi. Biroq, hujjatda Qodirova Kamola degan ism-sharf keltirilgan edi. Biz bu insonni tanimasligimiz, lekin uyda yashab kelayotganimizni aytdik. O‘sha paytdagi tuman hokimi maslahatlashib, sud qarorini bekor qildirdi va menga uyni rasmiylashtirdi. Biroq, atrofidagilar menga u hujjatni bermadi. Hokimiyatga uy hujjat so‘rab borsam, ozroq chiqimi bo‘lishini aytishdi. Hozir imkoniyatim yo‘qligi uchun pulni bo‘lib-bo‘lib berishim mumkinligini aytdim. Lekin u bunga rozi bo‘lmadi. Shu bilan hujjatim qolib ketdi. Uyda 2016 yilgacha yashadik. Uyning egasi so‘rab kelmadi. Biz hamma to‘lovlarni to‘lab, yashayotgan paytimizda bizni uydan quvib chiqardilar. O‘sha paytdagi hokim bu uyni yetimxonada o‘sganlarga berishini aytib, kuch ishlatib uyimizdan quvib chiqardi. O‘shandan beri sarsonmiz. Bormagan va murojaat qilmagan joyim qolmadi”.

Uzoq yillardan buyon haq-huquqini talab qilib kelayotgan Klara Otaboyevaning murojaatini tingladik. Vaziyat qanchalik murakkab ekni kundek ravshan. Lekin, hamon hokimiyat vakillaridan tayinli munosabat bo‘lmayotgani Klara opaning ham sillasini quritmoqda. O‘ylaymizki, ushbu dasturdan so‘ng Sergeli tumani hokimligi vakillari ushbu masalani jiddiy o‘ylab ko‘radi. Biz tuman hokimligining munosabatini kutib qolamiz.

Kiritildi: 11:44 07.07.2020. O'qildi: 2216 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!